Farg’ona viloyati Farg’ona vodiysining g’arbiy va markaziy qismini egallaydi, hamda shimoldan Namangan viloyati, Sharqdan Andijon viloyati, Janubdan Qirg’iziston respublikasining O‘sh hamda Bobkent viloyatlari va g’arbdan Tojikiston respublikasi Xo‘jand viloyati bilan chegaradosh. Farg’ona viloyati 1938 yilda toshkil topgan. Xududi 6,8 ming kvadrat kilometr. 2004 yilning 1 yanvar xolatiga viloyat aholisi 2798, 6 ming kishini tashkil qiladi. Aholining zichligi har bir kvadrat kiolometrga 415,2 kishi.
Viloyatning ma’muriy markazi Farg’ona shaxri bo‘lib, aholisi 222,3 ming kishini tashkil etadi. Ma’muriy xududiy bo‘linishiga ko‘ra 4 ta viloyat miqyosidagi shaharlar, 5 ta tumanlar tasarrufidagi shaxarlar, 10 ta shaxarcha va 15 ta qishloq tumanlari, 164 ta qishloq fuqarolar yig’inlari va 1174 aholi yashash punktlaridan tashkil topgan.
Viloyatimiz mustaqil respublikamizning ko‘p tarmoqli iqtisodiyoti rivojlangan xudud xisoblanadi. Viloyat xududida 2004 yil 1 yanvar xolatiga 25539 tadan ziyod mexnat jamoalari bo‘lib, ularning 22814 tasi Nodavlat mulk shakliga o‘tgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardir. Shundan 410 ta xissadorlik jamiyatlari, 157 ta shirkat, 90 ta qo‘shma korxonalar 7440 ta fermer xo‘jaliklari va 308 ta xususiy korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 25539 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlardan 3324 tasi tabiiy resurslardan foydalanuvchi va atrof muxitga ifloslantiruvchi moddalarni tashlovchi obyektlar sifatida ro‘yxatga olingan.
Shu jumladan:
· Suv resurslaridan foydalanuvchilar 1560;
· Atmosfera xavosidan foydalanuvchilar 21 ta
· Umumtarqalgan yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar 108 ta;
· Biologik resurslardan foydalanuvchilar 6 ta;
· Atmosfera xavosiga foydalanuvchilar 21 ta