|
|
|
Yangiliklar
|
Ekologik dolzarb muammolar va ularni hal etishda yoshlarning roli
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar,
suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya Qo‘mitasi, O‘zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Mirzo Uluhbek
nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti tashabbusi bilan "2010 yil -
Barkamol avlod yili"ga bahishlab
"Ekologik dolzarb muammolar va ularni hal etishda yoshlarning
roli" mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.
|
|
|
E ’ L O N
|
Hurmatli tadbirkorlar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 dekabrdagi PQ-531-sonli qarorining 6 bandiga asosan, 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab, YEVRO-2 va undan kam bo‘lgan ekologik darajadagi "M2", "M3" va "N2" toifalardagi avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi xududiga kiritilishi taqiqlanadi.
2010 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasiga, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar raqami (TR TIF) 8703 va 8705 kodlariga to‘hri keladigan maxsus transport vositalaridan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jixozlangan "YEVRO-3" ekologik darajadan kam bo‘lmagan me’yorlariga muvofiq bo‘lgan "M2", "M3" va "N2" toifalaridagi yangi avtotransport vositalariga ekologik sertifikatlashtirish asosida O‘zbekiston Respublikasi xududiga kiritilishini bildiramiz.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza
qilish davlat qo‘mitasi xuzuridagi
"Boshdavekosertifikat" bosh boshqarmasi.
Murjaat uchun telefonlar: 239-42-56, 239-13-69, 239-14-39
|
|
16 sentyabr - Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni
|
Ozon qatlami Yer atmosferasining qismini tashkil qiladi va yuqori konsentratsiyadagi ozonni (O3) saqlaydi. Ushbu qatlam taxminan 93 foizdan 99 foizgacha quyoshning o‘tkir ultrabinafsha nurlarini yutadi. Agar bu qatlamdan ultrabinafsha nurlari to‘liq o‘tsa, Yerdagi hayotga yakun yasashi mumkin. Ozon qatlamining katta qisimi stratosferaning quyi ya’ni, Yer yuzasidan 10 dan 50 kmgacha bo‘lgan masofada joylashgan.
|
|
|
Buguk-Xvankyong Koreys forumi vakillari bilan uchrashuv
|
2009 yilning 11 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida Buguk-Xvankyong Koreys forumi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida atrof muhitni muhofaza qilish sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
|
|
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QO‘MITASINING RAISINI TAYINLASH TO‘G’RISIDA
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QO‘MITASINING RAISINI TAYINLASH TO‘G’RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:
1. Nariman Madjidovich Umarov O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisietib tayinlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senatining Raisi
I.Sobirov
Toshkent shahri,
2009 yil 29 avgust
|
|
Parranda grippi profilaktikasi
|
  2009 yilning 20-21 iyul kunlari Toshkent shahar "Toshkent-Malika" mexmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg’armasi -YUNISEF ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Parranda grippi profilaktikasi bo‘yicha qo‘mita tizimida o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlar uchun ikki kunlik seminar-trening tashkillashtirildi.
|
|
|
Seulga safar
|
Rivojlanish yo’lida dadil odimlayotgan mustaqil respublikamizda ilg’or mamlakatlar bilan tajriba almashish, kadrlarning malakasini oshirish masalalariga katta eotibor qaratilmoqda.
|
|
|
1
|
|
|